18 апрел, 2022

Standart CDMA Haqida

CDMA raqamli standarti nutqni yuqori sifatli uzatish, ya'ni toza tovush bilan va radioaloqaga odatda xos bo'lgan begona shovqinlarsiz ekologik xavfsiz aloqa sifatida namoyon bo'ladi.

• CDMA NIMA? CDMA abbreviaturasi “kanallarni kodli bo'lish bilan ko'p stasionar foydalanishga ega raqamli tizim” (Code Division Multiple Access). CDMA tizimida kodli bo'lishning mohiyatini tushunish uchun shunday vaziyatni tasavvur qilish kerakki, bir biri bilan har xil tilda gaplashuvchi ko'p sonli kishilar bo'lgan katta xonada bo'lganingizda, qulog'ingiz faqat sizning ona tilingizni eshitadi, qolgan barcha suhbatlar ma'nosiz shovqin bo'lib tuyuladi va Sizning ona tilingizdagi axborotni qabul qilishda xalal bermaydi. Ushbu holda tilni muayyan bog'lanishni tashkil qilish uchun CDMA tizimi tomonidan foydalanadigan kod deb nomlash mumkin. Bunda, xalaqitlardan yuqori darajali himoya ta'minlanadi, bu esa uzatilayotgan signalning sezilarli kamroq quvvati bilan ishlash imkoniyatini beradi. Shunday qilib, xuddi shuning o'zidagi radiochastotali kanalda bir vaqtning o'zida foydalanuvchilar katta guruhining axborot signallari uzatiladi.

CDMA TARIXI. 90-chi yillar boshida ishlab chiqilgan CDMA kanallarning kodli bo'lishi bilan standarti uyali aloqa tizimining sig'imdorligini oshirish istiqboli tufayli paydo bo'ldi. CDMA ko'p yillardan beri harbiy sun'iy yo'ldosh aloqa tizimlarida ishlatib kelingan. QUALCOMM korporasiyasi, simsiz qo'llash uchun CDMA katta salohiyatini anglab yetib, ushbu standartni mobil tizimlar uchun yuqori samarali va ommabop bo'lishiga aylantirish uchun zarur bo'lgan asosiy yangiliklarni rivojlantirdi. CDMA ovozni shaffofdek tiniq uzatishni, eshitishga qarshi yanada ishonchli himoyani, yanada yuori sig'imdorlik va moslanuvchanlikni, shuningdek Internetga mobil chiqish, SMS, MMS bilan almashish, elektron pochtadan foydalanish va ko'pgina boshqalar kabi qshimcha xizmatlarni ommaviy ravishda joriy etishlarni ta'minlab berdi. CDMA texnologiyasi tez fursatlarda dunyo bozorini egalladi, Shimoliy va Janubiy Amerikada ustunlik qiladi hamda Koreya, Yaponiya va Xitoyda anchagina keng tarqalgan. Dunyoda birinchi CDMA tijorat tarmog'ini tashkil qilish 1995 yilda Gonkongda boshlangan edi. Muvaffaqiyatli sinovlar o'tkazilganidan so'ng CDMA texnologiyasi paketiga huquqlarni Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlarining ishlab chiqaruvchilari egallab oldi, ular qatorida Motorola, Lucent Technologies, Nortel, LG, Samsung, Sony, Nec, Ericsson kabi va boshqa mashhur kompaniyalarni aytib o'tish joiz. CDMA - dunyoning ko'pgina mamlakatlarda rivojini topgan va mobil aloqaning xalqaro standartlaridan biri sifatida Xalqaro Elektraloqa Ittifaqi tomonidan qabul qilingan mobil aloqaning samarali texnologiyasidir.

CDMA AFZALIKLARI.

1. Sifat. CDMA ovozli aloqasining yuqori sifati, tiniq va baland ovozi, radiotelefonlar uchun xos bo'lmagan begona shovqinlarning yo'qligi kanal kengligining dinamik o'zgarishi bilan ta'minlanadi, bunda turli xalaqitlar filtrdan o'tkaziladi. Tovush uzatishning yuqori sifati abonentlar signallari deyarli bir birlariga xalaqit qilmasligi va baza stansiyalarning ham, abonent terminallarining ham qabul qiluvchi moslamalari tomonidan oson ajratilishi bilan izohlanadi. Nutq uzatish sifatiga salmoqli hissasini nutq kodlashni jadal ravishda o'zgaruvchan tezlikda ovozni raqamlovchi moslamalar (vokoderlar) ham qo'shib kelmoqda. CDMA tizimida nutq, uning jadalligiga qarab, o'zgaruvchan tezlik bilan raqamli oqimga aylanib boradi. Bu radiotrafikning o'tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali foydalanish imkonini beradi. Ya'ni, siz jim turganingizda, kanal resursini usha paytda gaplashuvchi boshqa abonent ham ishlatishi mumkin, bu esa shovqin darajasini pasaytirishga va nutq uzatish sifatini oshirishga olib keladi.

2. Ishonchlilik va xalaqitga chidamlilik. “Yumshoq uzatish” (soft handoff) nomi ostida tanilgan, patentlangan uyalar o'rtasida tovushni uzatish usulidan foydalanib, CDMA bitta baza stansiyasidan boshqasiga nazoratni topshirishda qo'ng'iroqlar uzilish muammosini hal etish imkonini beradi. CDMA tizimi ovozli xabar berishda kamroq ushlab qolishni ta'minlaydi. Shuningdek CDMA past-baland joylarda, zich shahar qurilmalari hududlarda hamda podvol va tunnellarda ham sifatli aloqani ta'minlab beradi.

3. Maxfiylik. Axborot xavfsizligi, axborot himoyasi, so'zlashishlar maxfiyligi signalni ko'p pog'onali kodlash tufayli shifrlashning maxsus algoritmidan foydalanish hisobiga ta'minlanadi. CDMA ruxsat etilmagan aralashishlardan va firibgarlikning boshqa turlaridan ishonchli himoyani taqdim qiladi.

4. Ishonchli tezkor Internet. CDMA nafaqat nutq uzatishda, balki ma'lumotlar uzatishda yuqori o'tkazuvchanlikni ta'minlaydi. Paket rejimida ma'lumotlarni yuqori tezlikda uzatish imkoniyati axborot, multimediya va kommunikasiya servislarni rivojlantirishga, ham harakatlanganda, ham fiksasiyalangan ilovalar uchun ma'lumotlar uzatishning qulay tezligini taqdim qilishga asoslangan.

CDMA EV-DO ISTIQBOLLARI

Mobil telefonlar stasionar telefonlar o'rnini bosdi, simsiz internet esa tez orada butunlay simli internet o'rnini almashtiradi. Qamrab olish kengaymoqda, uskunalar takomillashib bormoqda. Simsiz internet yil sayin xizmatlar ko'rsatish sohasida yanada dadil o'rin egallamoqda.

Tarmoqni EV-DO darajasigacha modernizasiyalash Perfectum Mobile abonentlariga yanada yuqori tezlikda mobil internetdan foydalanish imkonini beradi.

EV-DO texnologiyasining afzalliklari quyidagi imkoniyatlarni ochib beradi, xususan:

-Internetdan foydalanish tezligining ko'p karra oshishi, tez yuklab olishlar, Internetda videoni onlayn-ko'rish va h.k.

-Yuqori tezlikka ega korporativ VPN-tarmoqlarni tashkil etish.

-Mobil “ish joylarini” yaratishda yangi imkoniyatlar va vositalar.

-Mobil multimediya xizmatlarining keng ko'lamidan yanada qulay foydalanish.

Perfectum korporativ mijozlari tomonidan EV-DO texnologiyasini ishlatish joriy biznes-jarayonlarni takomillashtirish, mijozlar savollariga javob berishni sezilarli tezlashtirish hamda oddiy va ishonchli himoyalangan qarorlar yordamida korporativ ma'lumotlardan kunning istalgan vaqtida foydalanish hisobiga xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatini beradi. Tez mobil internetdan foydalanish texnologiyasi tadbirkorlikning turli sohalarda keraklidir. Masalan, har bir xodim safarda bo'lgan vaqtida o'z kompaniyasining serveriga tezda murojaat qilishi va mijozga omborda bo'lgan tovarlar haqida har qaysi axborotni tez berishi mumkin. Ruxsat berilmagan foydalanishga qarshi ishonchli tizim qo'rqmasdan maxfiy ma'lumotlarni yuborish imkoniyatini beradi.

Uy Internetidan foydalanuvchilari uchun ham EV-DO ajratilgan liniyalarning tezkorlik kabi juda muhim afzalligi bilan ajralib turadigan qulay va tejamkor muqobiliga aylanishi mumkin.