Mobile VPN

Bu xizmat ushbu xizmatni ulagan mijozlar o'rtasida mobil ma'lumot uzatish orqali o'z lokal tarmog'ini yaratishga imkon beradi.

Mobile Virtual Private Networks Mobile VPN – mobil virtual xususiy tarmoq) xizmati bir nechta ofislar, filiallar, omborlar, almashuv shoxobchalari, sotish shoxobchalariga ega bo'lgan va tashkilotning ushbu ob'ektlarini yagona axborot fazosiga aylantirmoqchi bo'lgan korporativ foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. VPN mobil tarmog'i – bu xususiy himoyalangan tarmoq (o'ziga xos tunnel) bo'lib, kirish va chiqish nuqtalariga ega, uzatiladigan ma'lumotlarning yaxlitligi va xavfsizligini ta'minlaydi. Bu xizmat ayniqsa yurtimizning butun hududida joylashgan iste'molchilarni bog'lash kerak bo'lganda hamda "yopiq", ommaviy tarmoqlardan ajratilgan kanallarni tashkil etish kerak bo'lganda talab etiladi. Kompaniyaning uzoqdagi ofislar, omborlari va boshqa xonalarini bog'lovchi tunnellar orqali o'tuvchi trafik shifrlanadi. Foydalanuvchilar uchun VPN-tunnellar mutlaqo shaffof. Bosh ofisdan uzoqda bo'lgan va butun respublika bo'ylab harakatlanuvchi xodimlar xuddi o'z ofisidagi kabi ma'lumotlarga oson va ishonchli kira oladi. Shuningdek VPN xizmati xodimlar uchun uzoqdagi ish o'rinlarini tashkil etishga imkon beradi, ya'ni ular istalgan manzildan turib istalgan kun vaqtida kompaniyaning korporativ tarmog'iga kira oladi, bu ayniqsa mutaxassislarning tez-tez xizmat safarlariga borishi hollarida kerak bo'ladi.

Perfectum dagi Mobile VPN xizmatidan foydalanuvchilar uchun afzalliklar:
• Yuqori tezlikli va mobil ma'lumot uzatish tarmog'i negizida virtual ma'lumot uzatish kanallarini tashkil etish;
• Virtual aloqa kanallari orqali uzatiladigan ma'lumotni himoya qilishning yuqori darajasi;
• Ajratilgan aloqa kanalini yaratish yoki ijaraga olishga nisbatan pastroq qiymati;
• VPN tarmog'i ichida tashqi tarmoqlardan izolyasiya qilingan virtual kanallarni yaratish;
• Masshtablashning osonligi (yangi tarmoqlar yoki foydalanuvchilarning ulanishi);
• Foydalanuvchilar harakatlari ustidan uzoqdan turib nazorat qilish;
• Tarmoqni boshqarishga xarajatlarni qisqartirish.

Mobile VPN xizmatiga ulanib, siz o'z biznesingizning quyidagi muammolarini hal etasiz:
• Kompaniyaning uzoqdagi ofislari, omborlarining tarmoqlari va kompyuterlarining ishlab chiqarish va boshqarish vazifalarini hal qilish uchun bog'lanishi;
• Kompaniya xodimlarining uzoqdagi ish o'rinlarini tashkil qilish;
• Hududiy tarqalgan bo'linmalardan ERP, CRM, buxgalterlik va boshqa IT-tizimlarining markazlashtirilgan ma'lumot bazalariga kirish imkoniyati;
• Ichki telefon aloqasini tashkil etish;
MobileVPN xizmati O'zbekistonda faqat Perfectum tarmog'ida beriladi va faqat tarmoq ichida amal qiladi. Xizmat ulanganda mijozga takrorlanmaydigan IP-manzil beriladi. Agar mijoz o'z IP-manzilini unutgan bo'lsa, mobil internetga oldindan ulangan holda u "ishga tushirish"- "bajarish" ni bosib, satrda "CMD" Enter- "IPCONFIG" Enter ni terib, tiklashi mumkin.

Eslatma: tarmoqdagi barcha faol kompyuterlar aks ettirilmaydi, shuning uchun ma'lum kompyuterga ulanish uchun shu kompyuterning IP manzilini terish kerak. Tarmoqning normal ishlashi uchun Windows ning XP turidagi 2-servis paketi bo'lishi kerak. Raqam almashtirilganda mijoz Mobile VPN ga ulana olmaydi, chunki Login mijozning raqamiga biriktiriladi. Bu holda shu xizmatni o'chirish va qaytadan yoqish kerak.

Dikkat!
Ochiq Internet-sessiya vaqtida ovozli xizmatlarni ishlatish/qabul qilish faqat EVDO Rev.A xizmat doirasidagi xududda amalga oshadi. 2000 1X xizmat doirasi xududida - ishlatish mumkin emas.

Tarifikasiya 
Abonent to'lovi - 40 000 sum, 1 Mb - 300 sum.

Dastlabki to'lov 1000 so'm tushirilsa "ma'lumotlar uzatish" xizmati taqdim qilinmaydi. Narxlar aktsiz solig'i va QQS hisobi bilan ko'rsatilgan.