Aloqa xizmatini detalizatsiyasi.
Endi Siz mustaqil ravishda “Аloqa xizmatlarining detalizatsiyasi” xizmatini www.perfectum.uz saytidagi Shaxsiy kabinetingizdan foydalanib, o'zingiz uchun qulay vaqtda va kompaniya ofisiga kelmasdan olishingiz mumkin!
Diqqat! Siz telefoningiz orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar va o'zgarishlar uchun to'liq javobgarsiz!
Аgar sizda Shaxsiy kabinet xizmati faollashtirilmagan bo'lsa, uni ulashingiz kerak.
“Shaxsiy kabinet” xizmatini QАNDАY ULАSH/O'CHIRISH?
Jismoniy shaxslar uchun, yakka tartibdagi tadbirkorlarga:
Usul | Ulanish | O'chirish |
USSD so'rov | 9*19📞 | 9*19*0📞 |
0998 raqamiga SMS-kodi | 19 | STOP 19 |
1 so'rov narxi – 0 so'm.
- Yuridik shaxsga: Shaxsiy kabinetdagi barcha o'zgarishlar uchun javobgarlik belgisi va muhr bosilgan xat kerak.Shaxsiy kabinet faqat shartnoma tuzilgan shaxsga va uning shaxsini tasdiqlovchi tegishli xujjat taqdim etilgandan keyingina ulanishi yoki o'chirilishi mumkin. «Shaxsiy kabinet» xizmatining taqdim qilinish shartlari:
- Xizmat Perfectumning barcha abonentlari uchun har qanday tarif rejalarida mavjud: jismoniy shaxslar 18 yoshga to'lganlar: O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, har doim O'zbekistonda yashab kelayotganlar, chet el fuqarolari va yashash guvoxnomasiga ega bo'lgan fuqaroligi bo'lmamgan shaxslar, hamda yuridik shaxslar, “Korporativ” abonentlari ham.
- Xizmatga abonent turidan va raqamlar sonidan ka'tiy nazar radiotelefon (uyali) aloqa xizmatlarini taqdim etish Shartnomasining faqat (bitta) resursiga ulanish mumkin.
«Аloqa xizmatlari detalizatsiyasi» xizmatning taqdim qilinish shartlari:
- Ushbu xizmat abonentga Shaxsiy kabinetda abonent Sharnomasiga ulangan istalgan abonent raqami orqali ushbu aloqa xizmatlari haqidagi detalizatsiyasini mustaqil ravishda olish uchun taqdim etiladi.
- Аloqa xizmatlari detalizatsiyasi faqat oxirgi 3 (uch) oy davomida, shunindek batafsil ma'lumot olish uchun so'ralgan oy davomida taqdim etiladi.
- Xizmatni taqdim etishdan oldin 1 (bir) to'liq kalendar oyi uchun 25 000 so'm olinadi, detalizatsiya buyurtma qilingan kunlar sonidan ka'tiy nazar. Аgar balansa pul mablag'i yetarli bo'lmasa, xizmat taqdim etilmaydi.
- Xizmat Perfectumning barcha abonentlari uchun istalgan tarif rejalarida mavjud: jismoniy shaxslar 18 yoshga to'lganlar: O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, har doim O'zbekistonda yashab kelayotganlar, chet el fuqarolari va yashash guvoxnomasiga ega bo'lgan fuqaroligi bo'lmamgan shaxslar, hamda yuridik shaxslar, “Korporativ” abonentlari ham.