Yashirin qo`ng`iroq
Yashirin qo'ng'iroq - o'z uyali telefon raqamini nafaqat tarmoq ichidagi qo'ng'iroqlarda, balki boshqa operatorlarning abonentlariga qo'ng'iroqlarda yashirish imkoniyatini beruvchi xizmat. Xizmat kontent-provayder "DixaNet SyS" MCHJ bilan birgalikda taqdim etiladi.
QANDAY QILIB YASHIRIN QO'NG'IROQ QILISH MUMKIN |
"A" abonenti "B" abonentining raqamini quyidagi formatda terishi kerak 0998YYXXXXXXX📞, bunda YY - operator kodi, XXXXXXX - "B" abonentining raqami. "B" abonenti telefoniga qo'ng'iroq keladi, bunda "A" abonentining raqami yashiringan bo'ladi (Anti-AON rejimida). |
Diqqat! "Perfectum" abonentining uyali raqami oddiy shahar telefon tarmog'ida AON yordamida, boshqa uyali operatorlarda va tarmoq ichida "SuperAON" xizmati faollashtirilgan taqdirda, chaqirilayotgan abonentda yoki chaqirilayotgan abonent tomonidan chaqiruvchi abonentning raqamini avtomatik ravishda aniqlovchi telefon modeli foydalanilganda aniqlanishi mumkin.
Diqqat! Kontent-provayderlari ("Sizga ko'ng'iroq qilishdi", "Pistirmada" va boshqa) bilan birgalikda taqdim qilinadigan xizmatlar quyidagi holatlarda avtomatik ravishda o'chiriladi: raqam almashtirilganda, raqamlar o'zaro almashtirilganda, shartnoma qayta tuzilganda, 2 oydan ko'proq muddatga o'chirilgan abonentning faolsiz statusida.
TARIFIKASIYALASH
Narxi - bitta ulanish uchun 100 sum. Ushbu xizmatdan foydalangan holda, bir daqiqa uchun chiquvchi qo'ng'iroq to'lovi tanlangan tarif rejaga binoan chiquvchi qo'ng'iroq tarifi bo'yicha amalga oshiriladi. Ushbu xizmatdan foydalanganda limit sarflanadi.