SMS

Short Message Service, yoki qisqa matnli xabarlar-deb nomlanadi, bundan bir necha yil avval dunyoda bir necha xil tilda paydo bo'lgan. Xizmatning maqsadi oddiy va shu bilan birga muhim-qisqa matnli xabarlar qabul qilish va yuborish. Har bir xabar uncha katta bo'lmagan (160 tagacha simvol) elektron matnlardan iborat bo'lib, har qanday rusumli uyali telefonda ushbu xizmat mavjuddir. Bundan tashqari SMS texnologiyasi uyali telefonni yana ikki tomonlama peydjerga aylantiradi.

NIMA UCHUN SMS KERAK, QO'NG'IROQ QILISH MUMKIN BO'LGANDA
SMS xabarni birinchi afzalligi-tejamkorlik. Aloqa yaxshi eshitilmaganda SMS xabar orqali aniq ma'lumot yuborish mumkin: manzil, telefon raqamlari va boshqa ma'lumotlar. Etika degan tushuncha bor, masalan madaniy xordiq chiqarish uchun teatrga keldingiz. Pesa vaqtida telefoningiz jiringlab, atrofdagilani fikrini bo'lishi aniq. Yoki Siz lektsiyada, majlisda ishtirok etayotgan bo'lsangiz, telefon jiringlaganda ovoz chiqarib javob berolmaysiz. Shunday vaziyatlarda SMS SMS xabar jo'natish qulaydir. Atrofingizda ular uchun umuman mo'ljallanmagan suhbatingizni bexosdan yoki ataylab tinglashi mumkin bo'lgan kishilar bo'lganda SMS xabar yordam beradi.

SMS DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK.
Istalgan zamonaviy apparat modeli SMS xabar funktsiyasini tutib turadi. Avval uyali telefoningizda SMS qabul qilish va jo'natish xizmati borligini aniqlash kerak. Agar uyali telefoningiz SMS bilan ishlasa, demak, u xabar qabul qilish uchun tayyor.Buning uchun maxsus sozlashlar kerakmas. Telefoningiz menyusida Message (xabarlar) degan funktsiyani toping yoki konvert belgichali tugmani bosing.Siz qisqa matnli xabarlar yuborish menyusidasiz. Siz xabar yuborishingiz yoki qabul qilinganni o'qishingiz mumkin. Xabarni yuborish uchun (ko'pi bilan 160 ta belgi) matn yozilib, yuborilayotgan xabar egasini raqami yoziladi. Xabar (SMSC) servis markaziga kelib tushadi. SMSC servis markaz xabar yuborilayotgan raqam ishlashi, yoki o'chirilmaganligini tekshiradi, agar raqam ishlab tursa xabar darhol yuboriladi.

Xabarlarni SMSC da maksimal saqlanish muddati 24 soat.Telefoningizga xabar kelsa ovozli signal yoki displeyda konvert belgi ko'rinadi.
Diqqat! O'qib bo'lingan xabarlarni telefon xotirasidan o'chirib tashlash kerak, aks holda yangi xabarlarni qabul qilmaydi.

Tarifikasiya
O'zbekiston bo'yicha bitta chiquvchi SMS - 100 sum. Kiruvchi SMS xabar - 0 sum. Oldindan to'langan pul miqdori 1000 sum qadar pasaygan holda faqatgina kiruvchi SMS xabarlarni qabul qilish imkoni mavjud.