Kompaniya haqida

«Rubicon Wireless Communication» MCHJ tarixi (Perfectum savdo belgisi):

“Rubicon Wireless Communication” kompaniyasi 1995 yil noyabr oyida tashkil etilgan bo'lib, faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri o'laroq O'zbekiston Respublikasi hududida mobil uyali aloqa tarmog'ini yaratish bo'ldi. 1997 yilda birinchi D-AMPS raqamli standartining uyali tarmog'idan tijorat maqsadlarida foydalanishni yo'lga qo'yib, kompaniya O'zbekistonda ilg'or texnologiyalarni joriy etish va respublikaning uyali aloqa bozorida raqobatni rivojlantirishga o'zining salmoqli hissasini qo'shdi. 2001 yilda O'zbekistonda “Perfectum Mobile” savdo belgisi ostida birinchi CDMA standartining uyali tarmog'i paydo bo'ldi. Chastotalardan yuqori darajada samarali foydalanish tufayli CDMA kanallarini kodlash texnologiyasi abonentlar uchun xizmatlar ko'lamini maksimal kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash imkoniyatini berdi. 2003 yilga kelib, qo'ng'iroqlarning har soniyasi uchun tariflash tizimi, bepul kiruvchi qo'ng'iroqlar, abonentlik to'lovisiz tarif rejasi, stasionar uyali telefonlar, ekspress-to'lov kartasi yordamida to'lash tizimi, “Mobil Internet”, MMS, mobil chat, “Wave”WAP-portali xizmatlari, SMS negizida turli xizmatlar kabi yangiliklar paydo bo'ldi.2004 yilda ma'lumotlar va mobil internetni uzatish tezligini bir soniyada 14 dan 153 kilobitgacha oshirish imkoniyatini beruvchi, o'sha vaqtda eng ilg'or bo'lgan CDMA 2000 1X standartining yangi tarmog'i ishga tushirildi. CDMA texnologiyasining imkoniyatlari “Perfectum Mobile” uyali tarmog'iga O'zbekistonda uyali aloqa operatorlari o'rtasida ma'lumotlar va internet-trafigini mobil uzatish tezligi bo'yicha birinchi o'ringa chiqishni ta'minlab berdi. Uskunalar keng ko'lamli modernizasiya qilinganidan so'ng butun O'zbekiston bo'ylab “Perfectum Mobile” uyali tarmog'i faol kengayishi, rasmiy agentlik tarmog'i yaratila boshlandi. Ilk bor O'zbekistonda ofislarni yagona axborot tizimiga birlashtirish istagini bildirgan tashkilotlar uchun “Mobil Bank” va “Mobile VPN” xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari ochildi. 2006 yildan beri “Perfectum Mobile” aloqasidan O'zbekistonning barcha viloyatlarida foydalanish mumkin. 2007 yilda “Perfectum Mobile”ning qoplash hududi 200 dan ziyod aholi yashash joylariga kengayib, mobil va stasionar radiotelefonlar assortimenti oshdi, bu esa an'anaviy simli telefon aloqasi bo'lmagan, telefon kabelini o'tkazish haddan tashqari qimmat va noqulay hududlarda filiallari joylashgan yirik korxonalar qatoridan ko'p sonli korporativ mijozlarni jalb qildi. 2007 yilda mobil internet-trafigining narxi keng ko'lamda kamaytirlganidan so'ng abonentlik to'lovsiz hamyonbop mobil Internet, ayniqsa, mamlakatning uzoq go'shalarda yanada katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ldi. Tungi vaqtda qo'ng'iroqlar va internet-trafigining imtiyozli tariflanishi, uncha katta bo'lmagan abonent to'lovi evaziga tarmoq ichida bemalol muloqot qilish imkoniyati paydo bo'ldi.2009 yilda “Perfectum Mobile” qishloq maktablarini telefonlashtirish bo'yicha davlat dasturida faol ishtirok etdi. 2009 yildan 2010 yilgacha ushbu ijtimoiy ahamiyatga ega telefonlashtirish loyihasi doirasida qishloq hududida 3500 dan ko'proq maktablar telefonlashtirildi va beg'arazlilik asosida kerakli miqdorida stasionar telefonlar, Internetga imtiyozli limit va ovozli trafiklar ajratildi. Bundan tashqari, shunga o'xshash shartlar: bepul telefon va bir necha yil uchun bepul efir vaqti limiti bilan qishloq shifokorlik punktlari va bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida telefon¬lash¬tirish dasturi amalga oshirildi.“Do'st hisobidan qo'ng'iroq”, “Sizga qo'ng'iroq qilishdi”, “Yashirin qo'ng'iroq”, “Shaxsiy kabinet”, SMS-paketlar, Internet-paketlar, «Mobil kabinet», «Menga qo'ng'iroq qil», “Ovozli SMS”, “SMS-Agent Mail.ru”, “SMS-TO'LOV” naqdsiz to'lovlar tizimi kabi xiz¬mat¬lar joriy etilgan, abonetlari bilan xalqaro SMS-xabarlar bilan almashish imko¬niyati bo'lgan mamlakatlar va operatorlar ro'yxati kengaydi. Marketing siyosatidagi o'zgarishlar ayniqsa o'zgartirilgan firma uslubi, o'tkazilayotgan aksiyalar va kiriti¬layotgan tarif rejalarda ko'zga tashlanadi. Bepul kiruvchi qo'ng'iroqlar, tarmoq ichida bepul chiquvchi qo'ng'iroqlar bilan tariflar yaratildi. 2010 va 2011 yillar ko'pchi¬likning esida mijozlar uchun sovg'alar va maxsus aksiyalar xilma-xilligi bilan esida qolganligi shubhasiz. Bonuslar orasida - subsidiyalangan CDMA-telefonlar, imtiyozli internet-trafigi, tanlov natijalari bo'yicha turli sovrinlar, bepul daqiqalar, SMS, imtiyozli “oltin” raqamlarga chegirmalar, hisobga pul bonuslar va h.k. 2013 yilda “Rubison Wireless Communication” kompaniyasiga 18 yil va O'zbekistonda raqamli uyali aloqa bozorining boshida turgan “Perfectum Mobile” uyali tarmog'iga 12 yil to'ldi. Shu yillar ichida 3 ta aloqa standarti o'zgardi (AMPS/D-AMPS, CDMAone (IS95), CDMA 2000 1X). Bugungi kunga kelib Perfectum uyali tarmog'i O'zbekistonning barcha viloyatlarda ifoda etilgan va shiddat bilan rivojlanayotgan kompaniya hisoblanadi. Odamlarning tez o'sib boruvchi ehtiyojlarini hisobga olib, biz nafaqat yangi texnologiyalar sohasida, balki yuqori sifatli uyali aloqa, qo'shimcha xizmatlarning boy tanlovi va minimal iste'mol xarajatlarda a'lo darajadagi xizmat taqdim qilish sohasida peshqadam kompaniyaga aylanishga intilamiz.

2014 yil “Rubicon Wireless Communication” ga 19 yil va “Perfectum” uyali aloqa operatoriga 13 yil to'ldi. Ushbu yil nimasi bilan esimizda qoldi? Ish faoliyatimiz davomida qanday xulosaga keldik?

 Tarmoqni texnik jihatdan modernizasiyalash, yangi texnologiyalarni tadbiq etish, iste'molchilarning ongida savdo belgini yanayam barqarorligini mustahkamlash maqsadida 2014 yilning oxirlariga kelib, yilning eng muhim voqealaridan biri sifatida "Perfectum Mobile" savdo belgisining rebrendingi o'tkazildi. Yangi brend "Perfectum"ning asosi bu- sifatli, ishonchli hammabop uyali aloqa bo'lib, insonlarni bir-biriga Segodnya! Navsegda!-Bugun! Abadiy!-Today! Forever! birlashtirishdir!

"Perfectum" tarmog'i texnik jihatdan modernizasiyalanganligi hamda, yangi servis va tariflarning yaratilishi, kompaniya kliyentlari uchun maxsus aksiyalar o'tkazilishi va  sovg'alarning turli-tumanligi bilan ajralib turadi.

8-mart Halqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayol-abonentlar uchun O'zbekiston bo'yicha BEPUL SMS, mobil internet va WAP xizmatlari berilgan edi.

Abonentlarga qulaylik uchun “Ipoteka banki”ning barcha kassalarida to'lovning yangi KOMISSIYASIZ usuli ochildi.

Yilning eng ahamiyatli voqealaridan biri bu-Toshkent shahrida EV-DO Rev A yuqori tezlikda ma'lumotlar uzatish (GSM operatorlari tomonidan uzatilayotgan 3G analogi) yo'lga qo'yildi, ushbu tezlik abonentlarga mobil internetdan yanada samarali va yuqori tezlikda foydalanishga imkon yaratdi.

Yangi-1500 Mb, 2500 Mb, 3500 Mb, 4500 Mb, 10000 Mb internet –paketlari taklif qilindi, bunda abonent ikkinchi internet-paketga ulanganda megabaytlar qo'shib berilishi va bu o'z-o'zidan  abonentga mobil-internetdan foydalanish har tomonlama qulayligi va mosligi aytildi.

Uzoq kutilgan xizmat “RingTone” (Toshkentda amal qiladi), oddiy gudok o'rniga mashhur musiqalarni o'rnatish xizmati paydo bo'ldi.

Facebook ijtimoiy saytida tanlovlar o'tkazildi, bunda “Perfectum" uyali aloqa kompaniyasidan BEPUL uyali telefon va turli brend sovg'alar yutib olindi. Instagram. Odnoklassniki da yangi sahifalar ochildi.

 Yil davomida turli marketing tadbirlari bo'lib o'tdi, tadbirlarda “ARTEL Adi 5” va/yoki “ARTEL C 226” telefonini xarid qilibgina ishtirok etish mumkin edi:

-“Tashvishsiz muloqot” aksiyasida-kirish qo'ng'iroqlari bepul bo'lgan “Barchaga yetkazing”tarif rejasiga ulanish imkoniyati berilgan. “ARTEL Adi 5” telefoni uchun 50 Mb sovg'a.

“Yangi yil” aksiyasida- abonent to'lovi oyiga - 12051,75 so'm , Mobil internet-24 soat davomida  xizmat uchun - 210,52 so'm /Mb tarifikasiyalanadigan “Yangi yil” VIP tarif rejasiga ulanish imkoni berildi.

Toshkent shahrida “Perfectum" kompaniyasining bosh ofisi o'zining har tomonlama qulay, shinam va zamonaviy “Uyi”ga ega bo‘ldi. Yangi ofisning ochilishi Yangi yil arafasida “Perfectum" yangi brendi ostida o'zining ko'pgina abonentlari va mehmonlari davrasida, turli sovg'alar va syurprizlar asosida bo'lib o'tdi. Kompaniya kirish qo'ng'iroqlari bepul bo'lgan “333” yangi tarif rejasini taqdim etdi. (Eslatma: Shu kungacha Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun tarif faqat “shartli” bepul kirish qo'ng'iroqlari bilan amalda edi).

Bugungi kunda “Perfectum" uyali tarmog'i O'zbekistonning barcha viloyatlarida o'z faoliyatni olib bormoqda va jo'shqinlik bilan rivojlanayotgan kompaniyadir. Insonlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, nafaqat yangi texnologiyalar sohasida lider bo'libgina qolmay, yanada yuqori sifatli uyali aoqa, a'lo va ko'p tanlovli xizmatlar yaratishga intilib qolamiz!