Mobil bank

"Mobil bank" xizmati faqat butun respublika bo'ylab o'z filiallarini va bo'linmalarini yagona ma'lumot tizimiga birlashtirmoqchi bo'lgan bank tashkilotlari uchun Mobile VPN xizmatiga o'xshash xizmatdir.

Bank xodimlari Perfectum aloqasi bo'lgan istalgan vaqtda va istalgan joyda hujjatlar aylanishini va mijozlarga xizmat ko'rsatilishini boshqarish imkoniga ega bo'ladi. Bu xizmatdan foydalanish uchun Perfectum mijoziga faqat ushbu xizmatni aktivlashtirish uchun ariza berish, o'z kompyuterini, shuningdek firmaning ichki tarmog'ini unga kira olishni ta'minlash uchun sozlash kerak bo'ladi.

Kompaniyangiz bank xodimlarini "Mobil bank" xizmati bilan ta'minlab, Siz ularga kompyuterga hamda korporativ ma'lumot bazalariga yuqori tezlikli (153,6 Kbit/soniyagacha) va himoyalangan kirishni taqdim etasiz.

SIZGA BU XIZMAT FOYDALI
Agar Siz real vaqt rejimida ma'lumot bazalariga mobil kirish talab etiladigan bank tashkilotining rahbari bo'lsangiz (mini-banklar, to'lovlarni qabul qilish shoxobchalari tarmog'i va hokazo).
Agar Sizga korporativ tarmog‘iga ishonchli uzoqdan mobil kirish kerak bo‘lsa.
Agar Sizga rivojlangan telekommunikasiya infratuzilmasidan uzoqdagi joylarda ma’lumot uzatishni tashkil etish kerak bo‘lsa, simni o‘tkazish esa juda qimmatga tushsa.

“Mobil Bank” xizmati faqat bank tashkilotlariga beriladi.

Diqqat!
Ochiq internet-sessiya vaqtida ovozli xizmatlarni ishlatish/qabul qilish faqat EVDO Rev.A xizmat doirasidagi xududda amalga oshadi. 2000 1X xizmat doirasi xududida- ishlatish mumkin emas.

Tarifikatsiya:
Abonent to‘lovi - 40 000 so‘m, 1 Mb - 300 so‘m.

Dastlabki to‘lov 1000 so‘m tushirilsa «Ma’lumotlar uzatish» xizmati taqdim qilinmaydi. 
Narxlar aksiz solig‘i va QQS hisobi bilan ko‘rsatilgan