"30 daqiqa" (avans) ovozli Paketi
"30 daqiqa" (avans) ovozli Paketini atigi 1500 so`mga faollashtiring: 9*30 📞
Paket limitining amal qilish muddati - xizmat yoqilgan kundan boshlab 3 kun. Agar Paketdagi limit tugagan bo`lsa, ovozli aloqa avtomatik ravishda o`chiriladi va abonent raqami bloklanadi (u "Qarzlar uchun o`chirilgan" holatiga o`tadi).
Paketning abonent to`lovi – 1 500 so`m, resurs balansidan qat`i nazar, Paket faollashtirilgandan so`ng bir marta olinadi.
O`zbekiston bo`ylab chiquvchi qo`ng`iroqlarga limit – 30 daqiqa. Paketdagi taqdim etilgan daqiqalar limitining sarflanmagan qoldig`i Paketning amal qilish muddati tugashi bilan tugaydi.
Paket faollashtirilganda, agar resurs faollashtirilgan bo`lsa (ya`ni, "Qarzlar uchun o`chirilgan" holatidan "Faol" holatiga o'tish), Paketdagi limitning taqdim etilgan /qoldig`i Paketning amal qilish muddati davomida saqlanadi, lekin boshqa ovozli paketlar va/yoki tarif rejasiga kiritilgan limit bilan qo`shilmaydi, shuningdek uzaytirilmaydi.
Abonent raqami bloklangandan keyin ("Qarzlar uchun o`chirilgan") Paket faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun ichida 1 (bir) dan ortiq Paketdan bir vaqtda foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.
Paket faollashtirilganda boshqa tarmoq xizmatlari amalda bo`lmaydi.
Paket amalda:
- faqat resursning o`chirilgan holatida ("Qarzlar uchun o`chirilgan"),
- faqat jismoniy shaxslar uchun 18 yoshga to`lganlar – O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, har doim yashab kelayotganlar, chet el fuqarolari va yashash guvohnomasiga ega bo`lgan fuqoroligi bo`lmagan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Paketni faollashtirish kompaniya ofislarida yozma ariza asosida, Shaxsiy kabinetda, shuningdek, USSD buyrug‘i yordamida faollashtirilgan "Mobil kabinet" xizmati orqali amalga oshiriladi: 9*30 Chaqiruv.