Konferens-aloqa

Konferents-aloqa tartibi bir paytda bir necha odamlar bilan so'zlashish imkonini beradi (konferents-aloqa tashkilotchisi bilan birga 6ta ishtirokchigacha).
Konferents-aloqa ishtirokchisi, ushbu xizmatni ulagan "Perfectum" abonenti bo'lishi mumkin. Konferents-aloqa ishtirokchilari mobil, hamda shahar tarmog'i abonentlari ham bo'lishlari mumkin. Konferentsiya ishtirokchisi telefon suhbatini yakunlagan holda, mustaqil ravishda konferents-aloqadan chiqish imkoniga ega. Bu holda qolgan konferentsiya ishtirokchilari suhbatni davom ettirishlari mumkin. Agarda suhbatni konferents-aloqa tashkilotchisi uzib qo'ysa, unda barcha ishtirokchilar bilan ulanish to'xtatiladi. Tarmoq abonentlariga uch tomonlama konferents-aloqa bevosita ravishda o'rnatiladi.

15-lik va 6-lik konferents-aloqa tartibi keyingi xolatda amalda:

*30YYХХХХХХХ📞(birinchi abonent bilan aloqa amalga oshiriladi), 
*30YYХХХХХХХ📞(ikkinchi abonent bilan aloqa amalga oshiriladi), va hokazo,📞 - barcha abonentlarni birlashtirish uchun.

(YY - shaxar kodi/operator kodi; XXXXXXX - abonent raqami)

Tarifikasiya:
Konferentsiya tashkilotchisi uning har bir ishtirokchisi bilan ulanish haqini chaqiriq yo'nalishiga (chiquvchi/kiruvchi aloqa) va o'z tarif rejasiga (ulanish har bir konferentsiya ishtirokchisi bilan alohida o'rnatilgani kabi) muvofiq to'laydi. Konferentsiya ishtirokchilaridan har biri faqat uning tashkilotchisi bilan ulanish haqini to'laydi.
Raqam sig'imi Andijon, Namangan va Farg'ona vodiysiga tegishli abonentlarda, shuningdek, "korporativ" maqomiga ega abonentlarda ko'ptomonlama konferents-aloqa xizmati amalda emas.

"Maximum 1", "Maximum 2", "Maximum 3", "Maximum 4", “Maximum 5”, "Perfektum" tarif rejalarida ko'p tomonlama konferents-aloqa xizmati bilan foydalangan qo'ng'iroqlar hamma ulanishlar uchun 5000 daqiqadan yuqori - 21,05 sum daqiqasiga tarifikasiya qilinadi;
Ko'ptomonlama konferents-aloqa xizmati bilan foydalangan qo'ng'iroqlar hamma tarif rejalarga ulanish uchun imtiyozli limit yoqilgan vaqtda, "Maximum 1", "Maximum 2", "Maximum 3", "Maximum 4", "Maximum 5" , "Perfektum" tarif rejalaridan tashqari, imtiyozli limit sarflanadi. Ko'ptomonlama konferents-aloqa xizmati bilan foydalangan qo'ng'iroqlarda imtiyozli limitdan tashqari chiqish qo'ng'iroqlari tarifi bo'yicha tarifikasiyalanadi.
Eslatma: 15 tomonlama konferents-aloqa xizmatiga ulanganda "o'zimiznikilar aloqada" va "tungi qo'ng'iroqlar" xizmati amalda bo'lmaydi. Andijon, Namangan, Farg'ona vodiysi va Toshkent shahrida ro'yxatdan o'tish hududida abonentlar faqat 3 yoki 6-tomonlama konferents-aloqadan foydalanishlari mumkin.