Qo`ng`iroqlarni qayta manzillash
Ushbu xizmat sizga qo`ng`iroqlarni boshqa har qanday telefon raqamiga qayta manzillash (o'tkazish) imkonini beradi. Qo`ng`iroqni qayta manzillash xizmatining quyidagi turlari mavjud:
1) So'zsiz qayta manzillash turi.
Bu holda barcha kiruvchi qo'ng'iroqlar, hatto telefon o'chirilganida ham, siz avval tanlagan telefon raqamiga avtomatik qayta manzillanadi.
Aktivlashtirish:
*92(shahar kodi) xxxxxxx📞 *
*9298xxxxxxx📞 **
*92(operator kodi) xxxxxxx📞 ***
O'chirish:
*920📞
2) Raqam band bo'lganda qayta manzillash turi.
Telefoningiz band bo'lsa (siz bu vaqtda suhbatlashayotgan bo`lsangiz), kiruvchi qo`ng`iroq boshqa raqamga avtomatik ravishda qayta manzillanadi. Xizmat to'g'ri ishlashi uchun "chaqiriqni kutish" ni o'chirish kerak.
Aktivlashtirish:
*90(shahar kodi) xxxxxxx📞 *
*9098xxxxxxx📞 **
*90(operator kodi) xxxxxxx📞 ***
O'chirish:
*900📞
3) Javob berilmaganda yoki xizmat doirasidan tashqarida bo'lganda qayta manzillash turi.
Agar siz kelib tushgan qo'ng'iroqqa javob bermasangiz, qo`ng`iroq siz avval tanlagan telefon raqamiga avtomatik qayta manzillanadi.
Aktivlashtirish:
*72(shahar kodi) xxxxxxx📞 *
*7298xxxxxxx📞 **
*72(operator kodi) xxxxxxx📞 ***
O'chirish:
*720📞
4) Bevosita (band bo'lganda, javob bermaganda, xizmat doirasidan tashqarida bo'lganda) qayta manzillash turi.
Telefoningiz band bo'lsa (siz bu vaqtda suhbatlashayotgan bo`lsangiz), siz kelib tushgan qo'ng'iroqqa javob bermasangiz, telefoningiz xizmat doirasidan tashqarida bo'lganda, qo`ng`iroq siz avval tanlagan telefon raqamiga avtomatik qayta manzillanadi.
Aktivlashtirish:
*68(shahar kodi) xxxxxxx📞 *
*6898xxxxxxx📞 **
*68(operator kodi) xxxxxxx📞 ***
O'chirish:
*680📞
* ShTT tarmog'ida
** "Perfectum" abonentlarining telefon raqamlariga.
*** boshqa uyali tarmoq operatorlar raqamiga.