
Qamrov xaritasi
Tez-tez beriladigan savollar
-
5G Standalone nima?
5G Standalone — bu avvalgi aloqa avlodlariga bogʻliq bo‘lmagan to‘liq beshinchi avlod tarmogʻidir. U juda yuqori tezlikdagi internet, minimal kechikish va katta yuklama ostida ham barqaror ishlashni ta'minlaydi.
-
O'z hududingizni qamrov xaritasida qanday topish mumkin?
Siz xaritadan tumanni qo‘lda topishingiz yoki qidiruv qatoriga tuman nomini yozishingiz mumkin.
Masalan: Mirzo-Ulugʻbek tumani -
Mening tumanimda 5G Standalone qachon paydo bo‘ladi?
Biz har kuni yangi 5G Standalone bazaviy stansiyalarini ulaymiz. 2025-yil davomida Toshkent shahri va Oʻzbekistonning yirik shaharlarida qamrovni taʼminlash rejalashtirilgan. Yangiliklarimizni veb-saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
-
5G Standalone xizmatini qanday ulash mumkin?
1-variant: Onlayn ariza topshirish
• Saytimiz orqali ariza yuboring.
• Biz siz bilan bogʻlanamiz, texnik imkoniyatni tekshiramiz va o‘rnatish vaqtini kelishib olamiz.
• Belgilangan vaqtda mutaxassisimiz keladi, uskunani (router va Perfectum SIM-kartasi) olib keladi, internetni ulaydi va sozlaydi.
2-variant: Perfectum ofislariga tashrif buyuring
• Markaziy ofis: Shevchenko ko‘chasi, 21-uy
• Chilonzor tumanidagi filial: Gagarin ko‘chasi, 40-uy