Pul o'tkazmasi

"Pul o'tkazmasi" xizmati - mobil o'tkazma bo'lib, o'tkazmaga so'rov bo'lganda, hamda o'z abonent hisobiga boshqa abonent hisobidan Perfectum tarmog'i ichida pul mablag'i o'tkazish uchun

Nomlanishi

Harakat

Namunalar

Pul mablag'i O'TKAZMASI
(150 so'm/o'tkazma, jo'natuvchining hisobidan olinadi)
1. "Pul o'tkazmasi" xizmatiga ulanish (0 so'm): 7*6*1 Chaqiruv yoki №0777 raqamiga 61 kodi bilan SMS
2. 7*6*98XXXXXXX* o'tkazma summasi chaqiruv yoki SMS-kod 98XXXXXXX o'tkazma summasi №0777 raqamiga, bu erda XXXXXXX – pul mablag'i qabul qiluvchining raqami
981270077 raqamiga 50 000 so'm o'tkazma namunasi:
USSD orqali: qo'ng'iroq qilish 7*6*981270077*50000;
SMS orqali:
981270077 50 000 №0777 raqamiga
Boshqa abonent hisobidan pul mablag'i O'TKAZMASI SO'ROVI (0 so'm)1. 9*2*98XXXXXXX* o'tkazma summasi yoki SMS-kod 98XXXXXXX o'tkazma summasi №0992 raqamiga, bu erda XXXXXXX – pul mablag'i jo'natuvchining raqami
2. O'tkazma so'rovidan so'ng, pul o'tkazuvchi albatta mablag'etib borishi haqida ikkita tasdiq javobdan birini belgilashi lozim. O'tkazuvchi mablag'etib borganligi haqida tasdiqni olgandan so'ng, qabul qiluvchi o'z abonent hisobiga pul o'tkazmasini qabul kiladi.
981270077 raqamidan 50 000 so'm o'tkazish so'rovi namunasi:
USSD orqali: qo'ng'iroq qilish 9*2*981270077*50000;
SMS orqali:
981270077 50000 №0992 raqamiga


Joriy oy mobaynida o'tkazilgan/qabul qilingan pul mablag'lari sonini TEKSHIRISH (0 so'm):
9*2*1 Chaqiruv yoki №0992 raqamiga 1 kodi bilan SMS
Pul mablag'lari o'tkazmalari so'rovini O'CHIRISH/TA'QIQLASH (0 so'm):
7*6*0 Chaqiruv yoki № 0777 raqamiga 60 kodi bilan SMS

!!! Mobil pul o'tkazmalari nominali yaxlit son bo'lishi kerak "minglik"/"o'n minglik", masalan, 1000 so'm, 2000 so'm.......10 000 so'm, .......50 000 so'm.
Bir martalik o'tkazma yoki so'rovning minimal summasi: -1 000 so'm, maksimal summasi: 50 000 so'm.
Sutkada jo'natilgan/qabul qilingan o'tkazma yoki so'rovning maksimal summasi (har kuni 00:00 dan 24:00 gacha) - 150 000 so'm.
Jo'natuvchining pul o'tkazmasidan so'ng balansidagi minimal summa - 3000 so'm.

O'tkazma so'rovidan so'ng, pul o'tkazuvchi albatta mablag'etib borishi haqida ikkita tasdiq javobdan birini belgilashi lozim. O'tkazuvchi mablag'etib borganligi haqida tasdiqni olgandan so'ng, qabul qiluvchi o'z abonent hisobiga pul o'tkazmasini qabul kiladi.

Xizmat mobil pul o'tkazmasini jo'natuvchining resursi aktiv holatda bo'lgandagina amal qiladi.
Mobil pul o'tkazmasi uchun so'rov resurs aktiv holatida ham, bloklangan holatida ham ("qarz sababli o'chirilgan", "chiqish qo'ng'iroqlari o'chirilgan" holatlarda ham) amalda, faqat "raqam saqlangan holda vaqtinchalik o'chirilgan" holatida bundan mustasno.

Xizmat 18 yoshga to'lgan jismoniy shaxslar: O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, har doim O'zbekistonda yashab kelayotganlar, chet el fuqarolari va yashash guvohnomasiga ega bo'lgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, hamda yakka tadbirkorlar uchun amal qiladi.
Abonent o'tkazma summasi, abonent raqami, USSD komanda/SMS-so'rovlar to'g'riligiga to'liq javobgardir. Abonent tomonidan yo'l qo'yilgan xato, sistema xatosi hisoblanmaydi. Agar abonent o'tkazma jo'natishda noto'g'ri summa, noto'g'ri telefon raqami, noto'g'ri kod/komandaga yo'l qo'ygan bo'lsa, xizmat ko'rsatilgan hisoblanib, pul o'tkazmasi, xizmat haqqi, so'rov va/yoki komandalar orqaga qaytarilmaydi.