5G Standalone

Keling!

5G Standalone
Keling!

15 000so`m

10 kun

1000 daqiqa (O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi)
1000 SMS (O‘zbekiston bo‘yicha)
100 Gb
1 Gbit/s gacha (Kiruvchi internet tezligi*)
Batafsil

«Keling!» promo-tarifi (keyingi o‘rinlarda – «promo-tarif») Abonentga quyidagi shartlar asosida «A'lo 5G» tarifiga o‘tish huquqini beradi.

Mazkur promo-tarif doirasida «chiroyli raqam» tanlash xizmati taqdim etilmaydi.

Promo-tarifni faollashtirish balans promo-tarif qiymatiga teng miqdorda to‘ldirilganda amalga oshiriladi.

Tanlangan xizmatlar qiymatidan ortiqcha miqdorda balans to‘ldirilgan taqdirda, uning ortiqcha qismi «A'lo 5G» tarif rejasiga o‘tish va keyingi hisob-kitob davrlari uchun oldindan to‘lov sifatida hisobga olinadi.

Promo-tarifning amal qilish muddati (promo-davr) — faollashtirilgan paytdan boshlab 10 (o‘n) kalendar kunini tashkil etadi.

Promo-tarif o‘tkazilayotgan promo-aksiya doirasida yangi Abonentning faqat bitta ulanishi uchun amal qiladi.

Abonent tomonidan balansni kamida 100 000 (yuz ming) so‘m miqdorida to‘ldirilishi, yoxud promo-tarifning amal qilish muddati davomida, yoki promo-davr tugagan yoxud 100 (yuz) GB internet-trafigi tugagan (sarflab bo‘lingan) paytdan boshlab 20 (yigirma) kalendar kuni ichida uning balansida ushbu mablag‘ning mavjudligi promo-tarifdan «A'lo 5G» tarifiga o‘tishga roziligi deb hisoblanadi.

Abonent tashabbusi bilan mobil ilova orqali «A'lo 5G» tarifiga o‘tish imkoni promo-davr muddati tugaguniga qadar yoki 100 GB sarflanib tugatilganda balans kamida 100 000 (yuz ming) so‘m mablag’ miqdorida to‘ldirilganda mavjud bo‘ladi.

«A'lo 5G» tarif rejasiga o‘tish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda, Abonentning raqami 20 (yigirma) kun muddatga «To‘lov amalga oshirilmaganligi sababli o‘chirilgan» maqomiga o‘tkaziladi.

Ushbu bilan Abonent 20 (yigirma) kun davomida «A'lo 5G» tarifiga o‘tish uchun to‘lovni amalga oshirmasligi promo-tarif bo‘yicha uning tashabbusi bilan shartnomani bekor qilishga rozi ekanligini bildiradi va tasdiqlaydi.

Tarmoqdan foydalanish uchun 5G SA standartini va mos chastota diapazonlarini qo‘llab-quvvatlaydigan, dasturiy ta’minoti (proshivkasi) yangilangan smartfon talab etiladi. Tasdiqlangan qurilmalar ro‘yxati saytimizda muntazam yangilanib boriladi. Ulanishdan oldin qurilmangiz mosligini quyidagi havola orqali tekshirishingizni tavsiya qilamiz - Qurilmalar mosligi

Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali, siz Cookie fayllardan foydalanish siyosatimizga rozilik bildirasiz.
Yuklanmoqda…