Yordam va qoʻllab-quvvatlash
Koʻp
beriladigan savollar
Ulanish, tariflar, SIM/eSIM va shaxsiy kabinet haqidagi mashhur savollarga javoblar — kerakli boʻlimni toping yoki qidiruvdan foydalaning.
Barcha savollar
32Ha. Tarmoqda ishlash uchun 5G SA standartini, mos chastota diapazonlarini qo'llab-quvvatlaydigan va yangilangan dasturiy ta'minotga ega smartfon kerak. Tekshirilgan qurilmalar ro'yxati saytimizda muntazam yangilanib boradi — ulanishdan oldin qurilmangiz mosligini tekshirishni tavsiya qilamiz.
Ha, Perfectum 5G SA tarmog'i eSIM ni qo'llab-quvvatlaydi. Faollashtirish uchun smartfoningiz eSIM ni qo'llab-quvvatlashi kerak. eSIM ni Perfectum savdo ofislarida, ilova orqali yoki saytdagi shaxsiy kabinet orqali rasmiylashtirish mumkin.
VoNR (Voice over New Radio) — ovozni to'g'ridan-to'g'ri 5G SA tarmog'i orqali uzatish texnologiyasi. GSM orqali oddiy qo'ng'iroqdan farqli o'laroq, VoNR kengaytirilgan chastota diapazonida EVS kodeki bilan ovozni uzatadi — «telefon effekti»siz tabiiy ovozni ta'minlaydi. Ulanish 1 soniyadan kamroq vaqtda o'rnatiladi, trafik esa end-to-end shifrlash bilan himoyalangan.
Yo'q. Agar smartfoningiz VoNR ni qo'llab-quvvatlasa va siz Perfectum 5G SA qamrov zonasida bo'lsangiz — texnologiya avtomatik faollashadi. Hech qanday qo'shimcha sozlash shart emas.
Boshqa operatorlar abonentlariga qo'ng'iroq qilganda ulanish standart operatorlararo protokollar orqali o'rnatiladi. Bu holda ovoz sifati qabul qiluvchi tomon tarmog'ining texnik imkoniyatlariga bog'liq.
Bugungi kunda Toshkent to'liq qamrab olingan, Toshkent viloyati esa qisman. Butun respublika bo'ylab qamrovni kengaytirish bo'yicha faol ishlar olib borilmoqda. Manzilingiz yoki joylashuvingiz bo'yicha joriy qamrov zonasini tekshirish uchun saytdagi xaritadan foydalaning.
Haqiqiy tezlikka bir qator omillar ta'sir qiladi: tarmoqning joriy yuklanishi, smartfon modeli va u qo'llab-quvvatlaydigan chastota diapazonlari, signal darajasi va baza stansiyasigacha bo'lgan masofa, hamda xona ichidagi sharoit — devorlarning qalinligi va qurilish materiallari. «1 Gbit/s gacha» qiymati ideal sharoitdagi eng yuqori ko'rsatkich; haqiqiy tezlik har bir foydalanuvchida farqli.
Ha. Yuqori tezlik va minimal kechikishlar tufayli 5G SA onlayn o'yinlar, yuqori sifatli stiming, videoqo'ng'iroqlar va bulutli ilovalar uchun ajoyib mos keladi. Eng band soatlarda tezlik va kechikish biroz o'zgarishi mumkin.
Hozirda A'LO 5G tarifi mavjud — oyiga 100 000 so'm (30 kun). 5G SA tezliklarida chekovsiz internet, O'zbekistonning barcha raqamlariga 1 000 daqiqa va istalgan tarmoqqa 1 000 SMS kiradi. Joriy tariflar va to'liq shartlar har doim saytda mavjud.
Ulanishning bir necha usuli mavjud:
— Perfectum ofisida — SIM-kartani rasmiylashtirish va tarifni joyida ulash
— Perfectum dilerlari orqali — O'zbekiston bo'ylab vakolatli savdo nuqtalari
— Internet-do'konlar va SIM-karta do'konlarida — SIM-kartani sotib olib, mustaqil ro'yxatdan o'tish
— Perfectum mobil ilovasi yoki lk.perfectum.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali mustaqil ro'yxatdan o'tishlk.perfectum.uz
Quyidagi amallarni bajaring:
— Smartfon 5G SA ni qo'llab-quvvatlashini va qamrov zonasida ekanini tekshiring
— Smartfonni qayta yoqing
— SIM-karta to'g'ri joylanganini va hisobda cheklov yo'qligini tekshiring
— Smartfonning so'nggi dasturiy ta'minot versiyasi o'rnatilganligini tekshiring
Muammo davom etsa — Perfectum qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Perfectum qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bir necha usul orqali bog‘lanishingiz mumkin:
Telefon: +998 98 127 0077 · +998 98 305 1111 ·
Telegram
Operator bilan chat: @Perfectum_Support
Umumiy savollar: info@perfectum.uz
Shikoyat va murojaatlar: hotline@perfectum.uz
1-variant: Onlayn ariza topshirish
• Saytimiz orqali ariza yuboring.
• Biz siz bilan bogʻlanamiz, texnik imkoniyatni tekshiramiz va o‘rnatish vaqtini kelishib olamiz.
• Belgilangan vaqtda mutaxassisimiz keladi, uskunani (router va Perfectum SIM-kartasi) olib keladi, internetni ulaydi va sozlaydi.
2-variant: Perfectum ofislariga tashrif buyuring
• Markaziy ofis: Shevchenko ko‘chasi, 21-uy
• Chilonzor tumanidagi filial: Gagarin ko‘chasi, 40-uy
Bu — uyga kabel yoki optika tortmasdan, 5G Standalone tarmogʻi orqali ishlaydigan uy interneti. Signalni 5G-router qabul qiladi va internetni Wi-Fi hamda kabel orqali qurilmalaringizga tarqatadi. Texnologiya FWA (Fixed Wireless Access) — qatʼiy simsiz ulanish deb ataladi.
Perfectum Markaziy Osiyodagi birinchi 5G Standalone (5G SA) tarmogʻini ishga tushirdi. Aksariyat mamlakatlarda 5G dastlab NSA (Non-Standalone) rejimida, yaʼni 4G tarmogʻi ustida ishga tushirilgan. Perfectum tarmogʻi esa alohida 5G Core yadrosida ishlaydi va 4G ga bogʻliq emas. Uy interneti uchun bu yuqori tezlik, kamroq kechikish va barqarorroq ulanishni anglatadi.
Simli internet uchun binogacha kabel tortish va, odatda, ustalar tashrifi kerak boʻladi. Perfectum simsiz interneti bir necha daqiqada ulanadi — qamrov hududida routerni oʻrnatishning oʻzi kifoya. Bu simli tarmoq yoʻq joylarda, ijara uy-joyda yoki internet tez kerak boʻlganda qulay. Shu bilan birga, simsiz internet tezligi signal darajasi va tarmoq yuklamasiga bogʻliq.
Xizmat quyidagilar uchun qulay:
• manzilida simli internet boʻlmagan yoki uni oʻtkazish qiyin boʻlganlar;
• montajsiz va manzilga bogʻlanmasdan internet kerak boʻlgan ijarachilar;
• brigada kutmasdan, internet tez kerak boʻlganlar;
• asosiy provayder ishdan chiqqanda zaxira kanal sifatida.
Xizmat 5G SA tarmogʻi qamrov hududida ishlaydi. Manzilingizda mavjudligini qamrov xaritasi orqali tekshirishingiz mumkin. Tarmoq bosqichma-bosqich kengaymoqda, shuning uchun hozir qamrov boʻlmasa ham, xizmat keyinroq paydo boʻlishi mumkin.
Uchta narsa kerak: Perfectum 5G-routeri, Perfectum SIM-kartasi va manzilda 5G SA qamrovining mavjudligi.
Yoʻq. Simsiz internet mustaqil oʻrnatishga moʻljallangan: SIM-kartani routerga joylash, uni yoqish va ulanishni kutishning oʻzi kifoya.
1. Perfectum SIM-kartasini routerga joylang.
2. Routerni elektr tarmogʻiga ulang va yoqing.
3. Router tarmoqni topishini kuting (signal indikatori barqaror boʻlsin).
4. Qurilmalaringizni routerning Wi-Fi tarmogʻiga ulang — tarmoq nomi va paroli korpusda yoki qoʻllanmada koʻrsatilgan.
Signal odatda deraza yonida va balandroq joyda, qalin devorlar, metall yuzalar va boshqa toʻsqinlik manbalaridan uzoqda yaxshiroq boʻladi. Agar bir joyda signal kuchsiz boʻlsa, routerni boshqa joyga koʻchirib koʻring — derazaga ozgina yaqinlashtirish ham tezlikni sezilarli yaxshilashi mumkin.
Tarmoq 1 Gbit/s gacha tezlikni qoʻllab-quvvatlaydi — bu ideal sharoitdagi eng yuqori koʻrsatkich. Haqiqiy tezlik har bir foydalanuvchida turlicha boʻlib, qurilma, signal darajasi, baza stansiyasigacha boʻlgan masofa, tarmoq yuklamasi va xona ichidagi sharoitga bogʻliq.
«1 Gbit/s gacha» — bu eng yuqori (pik) qiymat. Haqiqiy tezlikka tarmoqning eng band soatlardagi yuklamasi, signal sifati va darajasi, baza stansiyasigacha masofa, devor materiallari va router joylashuvi, shuningdek routerning oʻz imkoniyatlari taʼsir qiladi.
Ha. 5G SA tarmogʻi yuqori sifatli video, videoqoʻngʻiroqlar, uydan ishlash va onlayn oʻyinlar uchun yetarli. Past kechikish tufayli oʻyinlardagi javob berish tezligi avvalgi avlod tarmoqlariga qaraganda yuqori. Eng band soatlarda tezlik va kechikish oʻzgarishi mumkin.
Bitta routerga bir vaqtning oʻzida oʻnlab qurilma ulanishi mumkin (aniq soni router modeliga bogʻliq). Bir vaqtda internetdan faol foydalanayotgan qurilma qancha koʻp boʻlsa, umumiy tezlik ular orasida shuncha koʻp taqsimlanadi.
Abonentlar uchun quyidagi tarif rejalari mavjud:
Router sotib olishni xohlamaydigan abonentlar uchun router ijarasi bilan tariflar taklif etiladi:
Eng band soatlarda tarmoq barcha foydalanuvchilar uchun barqaror qolishi maqsadida tezlik vaqtincha pasayishi mumkin.
Xizmat uchun 5G SA va kerakli chastota diapazonlarini qoʻllab-quvvatlaydigan router kerak. Perfectum routerini ishlatish tavsiya etiladi — u tarmoqqa moslab sozlangan.
Kvartira ichida routerni yaxshi signal topish uchun bemalol koʻchirish mumkin. Boshqa manzilga koʻchganda internet faqat yangi manzil 5G SA qamrov hududida boʻlsagina ishlaydi.
1. Routerni qayta yoqing — uni 10–15 soniyaga oʻchirib, soʻng yoqing.
2. Signal darajasini tekshiring va kerak boʻlsa routerni derazaga yaqinroq qoʻying.
3. SIM-karta toʻgʻri joylanganini va hisobda cheklov yoʻqligini tekshiring.
4. Routerga ulangan qurilmalar soni haddan tashqari koʻp emasligini tekshiring.
Muammo saqlanib qolsa, qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
5G tarmoqlari radionurlanish darajasi boʻyicha xalqaro meʼyorlar doirasida ishlaydi. Bundan tashqari, 5G SA avvalgi avlod aloqalariga qaraganda zamonaviy xavfsizlik arxitekturasi va ishonchliroq maʼlumotlarni himoya qilish mexanizmlaridan foydalanadi.