Xizmat 100 000 so‘mdan 100 000 000 so‘mgacha bo‘lgan nominal qiymati 6-ti yoki 12 oy ichida abonent tomonidan tanlangan imtiyozli raqam uchun raqam ulanishi/almashtirilguniga qadar to‘lash imkonini beradi.
Xizmat faqat Kompaniyaning ofislari yoki dilerlik markazlarida yangi ulanishda yoki raqam o‘zgargan taqdirda faollashtiriladi. Xizmatni ulash narxi - 0 so‘m. “Muddatli to‘lovga raqam” aktivlashtirilgan xizmati bilan pullik raqamning narxi unga muvofiq olinadi:
Jadval 1:
Nominal qiymati 10 000 000 so‘mdan ortiq bo‘lgan raqamlar uchun «Muddatli to‘lovga raqamlar» yangi belgilangan qiymatining 30% foizi miqdorida oldindan to‘lovi xizmat yoqilgan kundagi 2-chi Jadvalga muvofiq undiriladi,qolgan to‘lovlar avtomatik ravishda har oyning 1-chi kunida resurs butun to‘lov muddati davomida faol bo‘lgan taqdird, muddatli to‘lovni to‘lash davrida teng qismlarga bo‘linadi
Jadval 2 (10 000 000 so‘mdan 100 000 000 so‘mgacha nominaldagi raqamlarga muddatli to‘lov):
Birinchi hisoblash xizmat aktivlashtirilgan kundan amalga oshiriladi, qolgan hisoblashlar har oyning 1-kunidan avtomatik ravishda muddatli to‘lov davriga teng qismlari bilan, ya’ni butun muddatli to‘lov davrida resurs aktiv holatida bo‘lsa amalga oshiriladi. "Muddatli to‘lovga - raqam" xizmati aktivlashtirilganda “Raqamning saqlanishi bilan vaqtinchalik o‘chirilishi” amalda bo‘lmaydi. Agar resurs “To‘lov qilinmaguncha o‘chirilgan” holatiga o‘tkazilganda, muddatli to‘lovni muddati avtomatik ravishda uzilish davriga mutanosib bo‘lgan davriga uzaytiriladi. Agar tarif reja o‘zgartirilsa, xizmatning taqdim qilinish shartlari o‘zgarmaydi. Agar raqam o‘zgartirilsa, shartnoma qayta tuzilsa, ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa xizmatini ko‘rsatish Shartnomasi (o‘z xohishiga ko‘ra yoki Kompaniya tomonidan) bekor qilinsa: xizmat o‘chiriladi, bunda xizmatga to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi, undan oldin "Muddatli to‘lovga - raqam" xizmatiga bo‘lgan to‘lovlar yangi resursga (shartnoma qayta tiklanganda) o‘tmaydi. Shartnoma qayta tuzilganda:
1)“Muddatli to‘lovga-raqam” xizmati qayta tuzilgan raqamda amalda bo‘lmaydi.
2) Agar "Muddatli to‘lovga - raqam" xizmati bilan to‘liq miqdor to‘lanmasa, yangi resurs raqamning nominal qiymatini to‘liq xajmida to‘laydi. “Muddatli to‘lovga raqam” xizmatini faollashtirgan Abonent tomonidan mobil radiotelefon (uyali) aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yangi Shartnoma tuzilganda “Muddatli to‘lovga raqam” uchun to‘langan to‘lovlar Abonentga qaytarilmaydi, abonent raqamining belgilangan narxi to‘liq to‘lanadi, agar bundan oldin har qanday Tomonning tashabbusi bilan mobil radiotelefon (uyali) aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi bekor qilingan bo‘lsa.
Xizmatni ulash vaqtida, raqamning narxi xizmatning butun muddati davomida o‘zgarmaydi, chegirmalar joriy qilinishidan qat’iy nazar aktivlashtirilgan "Muddatli to‘lovga - raqam" xizmati yordamida pullik raqamni qiymatidagi o‘zgarishlar yoki to‘langan raqamning qiymati muddatidan oldin to‘lash. Muddatdan oldin to‘lov o‘tkazilsa, muddatli to‘lovni qoldig‘ini summasi to‘liq xajmda hisoblanadi. Aktivlashtirilgan "Muddatli to‘lovga - raqam" xizmati bilan pullik raqamning umumiy va oylik qiymati haqida ma’lumotni Shaxsiy kabinetdan bilib olish mumkin, hamda “Mobil kabinet” xizmati yordamida: USSD – komanda 9*18 yoki SMS-so‘rov 18 matn bilan 0998 raqamiga.
Xizmat har qanday tarif rejada amalda, 18 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar uchun: O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqarolikka ega emas, lekin shu hududda yashash uchun ruxsat berilganlar, hamda yakka tadbirkorlar. “Muddatli to‘lovga raqam” xizmati “Qulay NEW” yarim yillik tariflariga tadbiq etilmaydi, agarda raqam “Qulay NEW” yarim yillik tarif rejalari uchun belgilangan maxsus narxda xarid qilingan bo‘lsa.
Bo‘sh raqamlarni bu erda ko‘rishingiz mumkin.