Barcha xizmatlar

Pul o'tkazmasi

Narxi: 150 сум/перевод

"Pul o'tkazmasi" xizmati - mobil o'tkazma bo'lib, o'tkazmaga so'rov bo'lganda, hamda o'z abonent hisobiga boshqa abonent hisobidan Perfectum tarmog'i ichida pul mablag'i o'tkazish uchun


Joriy oy mobaynida o'tkazilgan/qabul qilingan pul mablag'lari sonini TEKSHIRISH (0 so'm):
9*2*1 Chaqiruv yoki №0992 raqamiga 1 kodi bilan SMS
Pul mablag'lari o'tkazmalari so'rovini O'CHIRISH/TA'QIQLASH (0 so'm):
7*6*0 Chaqiruv yoki № 0777 raqamiga 60 kodi bilan SMS

!!! Mobil pul o'tkazmalari nominali yaxlit son bo'lishi kerak "minglik"/"o'n minglik", masalan, 1000 so'm, 2000 so'm.......10 000 so'm, .......50 000 so'm.
Bir martalik o'tkazma yoki so'rovning minimal summasi: -1 000 so'm, maksimal summasi: 50 000 so'm.
Sutkada jo'natilgan/qabul qilingan o'tkazma yoki so'rovning maksimal summasi (har kuni 00:00 dan 24:00 gacha) - 150 000 so'm.
Jo'natuvchining pul o'tkazmasidan so'ng balansidagi minimal summa - 3000 so'm.

O'tkazma so'rovidan so'ng, pul o'tkazuvchi albatta mablag'etib borishi haqida ikkita tasdiq javobdan birini belgilashi lozim. O'tkazuvchi mablag'etib borganligi haqida tasdiqni olgandan so'ng, qabul qiluvchi o'z abonent hisobiga pul o'tkazmasini qabul kiladi.

Xizmat mobil pul o'tkazmasini jo'natuvchining resursi aktiv holatda bo'lgandagina amal qiladi.
Mobil pul o'tkazmasi uchun so'rov resurs aktiv holatida ham, bloklangan holatida ham ("To‘lov qilinmaguncha o‘chirilgan", "Chiqish qo'ng'iroqlari o'chirilgan" holatlarda ham) amalda, faqat "raqam saqlangan holda vaqtinchalik o'chirilgan" holatida bundan mustasno.

Xizmat 18 yoshga to'lgan jismoniy shaxslar: O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, har doim O'zbekistonda yashab kelayotganlar, chet el fuqarolari va yashash guvohnomasiga ega bo'lgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, hamda yakka tadbirkorlar uchun amal qiladi.
Abonent o'tkazma summasi, abonent raqami, USSD komanda/SMS-so'rovlar to'g'riligiga to'liq javobgardir. Abonent tomonidan yo'l qo'yilgan xato, sistema xatosi hisoblanmaydi. Agar abonent o'tkazma jo'natishda noto'g'ri summa, noto'g'ri telefon raqami, noto'g'ri kod/komandaga yo'l qo'ygan bo'lsa, xizmat ko'rsatilgan hisoblanib, pul o'tkazmasi, xizmat haqqi, so'rov va/yoki komandalar orqaga qaytarilmaydi.

Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali, siz Cookie fayllardan foydalanish siyosatimizga rozilik bildirasiz.
Yuklanmoqda…