To'g'ridan-to'g'ri kanalda TDMA abonentlarini muvaqqat taqsimlash texnologiyasi qo'llaniladi (GSM da singari). Muvaqqat taqsimlash texnologiyasi ma'lumotlarni paketli uzatish uchun har tomonlama qulaydir. Bunda to'g'ridan-to'g'ri kanalda EV-DO standartida abonent ma'lumotlari uzatiladigan va har biri 1,67 ms davomlilikda bo'lgan 16 taymslot qo'llaniladi. Ya'ni ma'lum lahzada bir nafar abonentning ma'lumoti uzatiladi. Bu esa har bir muayyan abonent uchun uzatuvchining bor quvvatini ajratish imkonini beradi. To'g'ridan-to'g'ri kanalda quvvatni nazorat qilish zarurati bo'lmaydi. To'g'ridan-to'g'ri kanalda uya ichida interferensiya manbalari yo'q, to'siqlar faqat qo'shni uyalardan keladi. Uzatilayotgan axborotning turiga ko'ra adaptiv modulyasiya qo'llaniladi. To'g'ridan-to'g'ri kanalda qo'llaniladigan modulyasiya turiga ma'lumotlarni uzatish tezligi bog'liq, tizim kodlanadigan paket hajmi, radiointerfeys holatini baholaydi va shunga ko'ra QPSK, 8-PSK yoki 16-QAM modulyasiya turini tanlaydi.
Ma'lumotlarni uzatish tezligi (agar bir nafar abonent soniyada barcha 600 taymslotni egallagan bo'lsa).
Turi | Paket uzunligi | Slot miqdori | Davomlilik | Tezlik |
|---|---|---|---|---|
QPSK | 1024 | 16 | 26,6 | 38,4 |
1024 | 4 | 6,6 | 153,6 | |
1024 | 1 | 1,6 | 614,4 | |
16-QAM | 4096 | 2 | 3,3 | 1228,8 |
8-PSK | 3072 | 1 | 1,6 | 1843,2 |
16-QAM | 4096 | 1 | 1,6 | 2457,6 |
RWC kompaniyasi Perfectum savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etib, 2014-yil 2-iyundan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida EV-DO Rev.A tarmog‘ining yuqori tezlikdagi ma’lumotlarni uzatish texnologiyasini tijoriy foydalanishga joriy etdi (GSM operatorlari tomonidan taqdim etiladigan 3G tarmog‘ining analogi).
EV-DO — CDMA texnologiyasi rivoji doirasida CDMA 2000 1X standartiga nisbatan ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishni ta’minlaydigan uchinchi avlod (3G) mobil aloqa tarmoqlari texnologiyasidir.
EV-DO darajasigacha modernizatsiya qilingan tarmoq Perfectum abonentlariga mobil internetdan ancha yuqori tezlikda foydalanish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatishning maksimal tezligi — sekundiga 2,1 Mbit.
Tarmoqni EV-DO Rev.A darajasigacha modernizatsiya qilish Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham amalga oshirildi. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab tarmoqni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilishni rejalashtirgan.
Eslatma. Ayrim hududlarda EV-DO yuqori tezlikdagi ma’lumotlarni uzatish xizmatidan foydalanish kafolatlanmaydi. Radio to‘lqinlarining tabiiy tarqalish sharoitlari sababli bino yaqinida va ichida, tunnellarda, yerto‘lalarda, metroda, shuningdek, hudud relyefi, noqulay ob-havo sharoitlari va boshqa sabablarga ko‘ra xizmat sifati pasayishi, uzilishlar yoki xalaqitlar yuzaga kelishi mumkin.
Ma’lumotlarni uzatish uchun yuqori tezlikdagi radio kanallar qamrov hududi ovozli aloqa radio kanallari qamrov hududiga mos kelmasligi mumkin.
Ma’lumotlarni uzatish tezligi internetdan foydalanuvchilar soni, abonentning joylashuvi, shahar qurilishlarining zichligi, hudud relyefi va sutka vaqtiga bog‘liq.
Diqqat! Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida EV-DO yuqori tezlikdagi ma’lumotlarni uzatish xizmatlaridan foydalanish uchun telefon sozlamalarini o‘zgartirish zarur. Buning uchun Toshkent shahridagi Kompaniyaning Markaziy ofisi yoki Chilonzor filialining texnik xizmatiga, shuningdek, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi filiallariga murojaat qilish lozim.