ORTO («ORTO» MCHJ, STIR: 313056928), ortoapp.uz – ortopediya va travmatologiya sohasida tibbiy va axborot xizmatlarini taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bemorlar va tibbiyot mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etish uchun mo‘ljallangan raqamli platforma.
Xizmat tavsifi. Xizmat foydalanuvchilarga tibbiy xizmatlar haqida ma’lumot olish, tibbiyot muassasalari va mutaxassislari bilan raqamli vositalar orqali muloqot qilish, shuningdek, ortopediya va travmatologiya bo‘yicha ta’lim materiallaridan foydalanish imkonini beradi. Platforma sun’iy intellekt texnologiyalaridan faqat ma’lumotlarni qayta ishlash va tartibga solish uchun yordamchi vosita sifatida foydalanadi. Yakuniy tibbiy qarorlar faqat malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan qabul qilinadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik. Veb-platforma yoki mobil ilovaga birinchi marta kirishda foydalanuvchi Foydalanuvchi kelishuvi va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganini belgilaydi (belgi qo‘yadi). Shu orqali u shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga hamda xizmatdan foydalanish doirasida SMS-xabarlarni olishga o‘zining ixtiyoriy, xabardor va aniq roziligini tasdiqlaydi.
Xizmat foydalanuvchilari quyidagi turdagi SMS-xabarlarni oladilar:
• ro‘yxatdan o‘tish, akkauntga kirish, amallarni tasdiqlash va foydalanuvchi ma’lumotlarini o‘zgartirish uchun bir martalik OTP-kodlar;
• so‘rovlar holati, funksiyalar yangilanishi va xizmat faoliyatidagi muhim o‘zgarishlar haqida xizmat SMS-xabarlari;
• platformaning yangi imkoniyatlari, maxsus takliflar, tadbirlar va ta’lim tashabbuslari haqida reklama SMS-xabarlari.
O‘chirish shartlari. Reklama SMS-xabarlarini yoqish yoki o‘chirish foydalanuvchi tomonidan shaxsiy kabinet sozlamalari orqali istalgan vaqtda mustaqil amalga oshiriladi. Akkaunt xavfsizligi va xizmatning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan xizmat SMS-xabarlari o‘chirib qo‘yilmaydi.
SMS xabarlarning mumkin bo'lgan variantlari:
• ORTO mobil ilovasiga kirish uchun tasdiqlash kodi: %d. Kodni hech kimga bermang.
• ORTO: Qabul jadvalingizda o'zgarish yuz berdi.
• ORTO: Yangi xizmatlar va maxsus takliflar haqida ma'lumot ilovada mavjud.
«Kapitalbank» ATB (STIR: 207127843), www.kapitalbank.uz.
SMS-xabarnomalar — bank xodimlarini texnik hodisalar, ichki tizimlar ishlash holati hamda test SMS-xabarlari yuborilishi haqida xabardor qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu xabarlar faqat ichki foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, reklama ma’lumotlarini o‘z ichiga olmaydi va qabul qiluvchidan javob talab etmaydi.
Xizmat SMS-xabarlari ichki bank tizimlarining xavfsizligi va uzluksiz ishlashi bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
• aloqa kanallari va xabarlarni yetkazib berish tizimlarining to‘g‘ri ishlashini tekshirish;
• ichki servislarning barqaror ishlashini tasdiqlash;
• bank xodimlarini texnik hodisalar va tizimlar holati haqida xabardor qilish.
Mazkur SMS-xabarlarni o‘chirib qo‘yish nazarda tutilmagan, chunki ular tizimlarning to‘g‘ri ishlashini hamda xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlaydi.
SMS xabarlarning mumkin bo'lgan variantlari:
KapitalBank. Uvajaemiy sotrudnik Kapitalbank! Eto testovaya SMS-rassylka. Otvechat' na soobshenie ne trebuetsya.
Narxi: 0 so`m/kiruvchi SMS
Xizmatlarning to`liq ro`yxati bu erda.
Yangiliklarga qaytishXizmatlar va servis raqamlar
SMS-xabarnoma (№6302‚ «Intis Telecom Asia» MCHJ)
26.07.2026