Yangiliklarga qaytishKompaniya va aksiyalar

«Ro`za» xizmati (№№123, 213, «Zamin Mobile» MChJ)

19.02.2026 yildan boshlab “Uraza” (“Ro‘za”) SMS-xizmati ishga tushiriladi.

Tavsif: Xizmat abonentlarga 2026 yil Ramazon oyi davomida Saharlik va Iftorlik vaqtlarining kundalik jadvalini bepul olish imkonini beradi.
Manba: “Namoz vaqtlari uchun hijriy-qamariy taqvim” — hijriy 1447 yil uchun kitob-taqvim, Book Media Nashr, 2025–2026 yy., O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi tomonidan taqdim etilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2025 yil 28 maydagi xulosasi (03-07-/3172) asosida tayyorlangan.
Taqvim tuzuvchisi — Sobit Ilyasov, O‘zR FA Astronomiya instituti xodimi.
Tel.: (71) 235-81-02
E-mail: ilyasov@astrin.uz

Xizmat ishlash mexanizmi:
• Xizmatni faollashtirish uchun abonent RO kodi va hudud kodi bilan SMSni 123 qisqa raqamiga yuborishi kerak.
• Xizmatdan chiqish (bekor qilish) uchun abonent STOP RO matni bilan SMSni 123 raqamiga yuborishi kerak.

SMS-xabarlar variantlari:
Saharlik 5:50 gacha (Toshkent vaqti). Duosi: Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala, Allohu akbar.
Iftorlik 18:15, Toshkent vaqti. Allohumma laka sumtu va bika amantu va alayka tavakkaltu va ‘ala rizqika aftartu, fag‘firliy ya G‘offaru ma qaddamtu va ma axxartu.

Xizmat faollashtirilgandan so‘ng, abonent obuna tasdiqlovchi SMS-xabarnoma oladi, unda xizmatni bekor qilish usuli ham ko‘rsatiladi.
“Uraza” xizmatining bepul muddati tugagach, abonent oldindan xabardor qilingan holda avtomatik tarzda “Namoz vaqti” xizmatiga o‘tkaziladi.
Bepul muddat tugagandan keyingi xizmat narxi:
• 213 raqami uchun: kiruvchi har bir SMS uchun kuniga 796 so‘m.
• 123 raqami uchun: chiquvchi SMS — 0 so‘m.

Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali, siz Cookie fayllardan foydalanish siyosatimizga rozilik bildirasiz.
Yuklanmoqda…