Tavsifi: Xizmat abonentlarga “SUPER BARABAN SHOU” aksiyasida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi, har hafta MY5 telekanalida jonli efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Aksiyani o`tkazilish muddati: «SUPER BARABAN SHOU» 30.12.2023y. dan 31.12.2024y. gacha.
Aksiyada ishtirok etish: “SUPER BARABAN SHOU” aksiyasida ishtirok etish uchun “SUPER BARABAN SHOU” dasturi homiysidan mahsulotlar xarid qilishingiz kerak. Ushbu reklama aksiyasi doirasida mahsulot xaridorlari MY5 telekanalidagi “SUPER BARABAN SHOU” ko‘ngilochar shousida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, unda qimmatli sovg‘alar jonli efirda topshiriladi.
Xizmat mexanizmi: “SUPER BARABAN SHOU” dasturi homiysi mahsulotlarining qadoqlarida promo-kod (stiker) mavjud. Abonent (Aksiya Ishtirokchisi) mahsulot sotib olayotganda stikerni o‘chiradi va stiker ostida bosilgan promo-kodni 9700 qisqa raqamiga yuboradi (narxi - 0 so`m/SMS).
Shunday qilib, Abonent teledasturda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Xaridorlar orasida ishtirokchilar jonli tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi.
Aksiya haqida batafsil ma'lumot (aksiya tashkilotchisi, uni amalga oshirish shartlari va qoidalari) Tel.: +998935859591, +998998187752.