Yangiliklarga qaytishXizmatlar va servis raqamlar

Kontent-provayderlar bilan hamkorlikda taqdim etilayotgan xizmatlardagi o‘zgarishlar

2026-yil 1-iyundan boshlab qisqa servis raqamlari va Kontent-provayderlar bilan hamkorlikda taqdim etilayotgan xizmatlar bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlar kiritiladi:

OOO «Level Up Solutions»:
- Avval 555 servis raqami orqali taqdim etilgan barcha SMS-xizmatlar (mavzuli obuna servisleri) 5580 servis raqamiga ko‘chiriladi. Mavzuli SMS-xizmatlarni ulash va o‘chirish (obuna bo‘lish/obunani bekor qilish) 5580 servis raqami orqali amalga oshiriladi.
- 852 qisqa raqami uchun yangi tarif belgilanadi: har bir kiruvchi SMS-xabar (SMS-MT) uchun 899 so‘m.
- 0555 (IVR) va 555 (SMS) servis raqamlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi.

OOO «Zamin Mobile»:
- Avval 123 servis raqami orqali taqdim etilgan barcha SMS-xizmatlar (mavzuli obuna servisleri) 312 servis raqamiga ko‘chiriladi. Mavzuli SMS-xizmatlarni ulash va o‘chirish (obuna bo‘lish/obunani bekor qilish) 312 servis raqami orqali amalga oshiriladi. 312 servis raqami bo‘yicha tarif — 0 so‘m (SMS MO).
- 7717 va 123 servis raqamlari orqali SMS-xizmatlar ko‘rsatish to‘xtatiladi.

OOO «Lux Content»:
• Avval taqdim etilgan barcha SMS-xizmatlar quyidagi yangi raqamlarga ko‘chiriladi:
- 5757 va 5005 raqamlaridan 7375 raqamiga («Tanishuv shahri-SMS», «Mobil obunalar»);
- 5454 raqamidan 8385 raqamiga («Mobil obunalar»);
- 1200 raqamidan 4064 raqamiga («Davlat xizmatlarini olish uchun SMS-xabarnomalar»).

• Quyidagi SMS-xizmatlar ko‘rsatish to‘xtatiladi:
- 7375 qisqa raqami: «5 Okov hisobini to‘ldirish», «Kunlarni sotib olish» (15 kun);
- 8385 qisqa raqami: «50 Okov hisobini to‘ldirish», «Kunlarni sotib olish» (120 kun);
- 4064 qisqa raqami: «Tadbirkorlik subyektini tekshirish tayinlangani haqida SMS-xabardor qilish»;
- 5454 qisqa raqami: «Omadli Raqam» aksiyasi.

• 4064 qisqa raqami (SMS): tariflash yo‘nalishi SMS-MO’dan SMS-MT’ga o‘zgartiriladi, ya’ni xizmat narxi — har bir kiruvchi SMS uchun 40 so‘m. 4064 raqamiga chiquvchi SMS-xabarlar nazarda tutilmagan.

• 7375 qisqa raqami (SMS): tariflash yo‘nalishi SMS-MO’dan SMS-MT’ga o‘zgartiriladi va abonent uchun yangi narx belgilanadi — har bir kiruvchi SMS (SMS-MT) uchun 1000 so‘m. 7375 raqamiga chiquvchi SMS-xabarlar nazarda tutilmagan.

• 0720 qisqa raqami (IVR): abonent to‘lovini yechib olish raqami 5005’dan 7375’ga o‘zgartiriladi, ya’ni abonent to‘lovi abonentga 7375 qisqa raqamidan SMS yuborish orqali undiriladi (1000 so‘m/kiruvchi SMS). 0720 raqamiga qo‘ng‘iroqlar — 0 so‘m.

• 8385 qisqa raqami (SMS): abonent uchun yangi narx belgilanadi — chiquvchi SMS (SMS-MO) uchun 0 so‘m.

• 0820, 1234 (IVR), 1200, 1315, 5005, 5454, 5757 (SMS) servis raqamlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘xtatiladi.

Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali, siz Cookie fayllardan foydalanish siyosatimizga rozilik bildirasiz.
Yuklanmoqda…