Yangiliklarga qaytishXizmatlar va servis raqamlar

«Play mobile» MChJning SMS-xizmatlaridagi o‘zgarishlar

2026-yil 10-iyuldan boshlab:
3142 qisqa servis raqami tijoriy foydalanishdan chiqariladi.
1077, 1122 va 1900 qisqa servis raqamlarida SMS-xabardor qilish xizmatlarini ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi.
3400 qisqa servis raqamida «TURKISTON BANK»ning SMS-xabardor qilish xizmati o‘rniga yangi «SMS-xizmatlarni nolga tushirish» servisi joriy etiladi. Ushbu xizmat SMS-xabardor qilish xizmatlarining taqdim etilish usulidan qat’i nazar (raqamli qisqa raqam yoki harfli identifikator (jo‘natuvchining alfanumerik nomi) orqali) barcha SMS-xizmatlarni o‘chirish imkonini beradi.

Barcha SMS-xabardor qilish xizmatlarini o‘chirish uchun 3400 qisqa servis raqamiga «Stop5» matni bilan SMS-xabar yuborish kerak.

Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali, siz Cookie fayllardan foydalanish siyosatimizga rozilik bildirasiz.
Yuklanmoqda…