«Perfectumda cheksiz» paketini faollashtirish:
USSD- buyrug'i: 7*8 Chaqiruv
SMS-so`rov: 8 ni 0777 raqamiga yuboring
Paketning abonent to`lovi – 20 000 so`m.
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo'ng'iroqlar uchun limit - cheksiz (texnik limit – Paketdan foydalanish davrida tarmoq ichida 45 000 chiqish daqiqasi), tarif rejasidagi limitni sarflamaydi.
O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tanlangan tarif rejasiga muvofiq narxlanadi. Taqdim etilgan Paketdagi kiruvchi qo‘ng‘iroqlar limitni sarflamaydi va tanlangan tarif rejasiga muvofiq narxlanadi.
Paketni ulash muddati - 01.12.2022y. dan 31.12.2022y.gacha (shu jumladan).
Paketning amal qilish muddati - taqdim etilgan kundan boshlab 30 kalendar kun.
Paketni marketing tadbiri davomida 1 (bir) martadan ko'p bo'lmagan holda faollashtirilishi mumkin.
Agar tarif rejasida OYLIK limiti mavjud bo‘lsa, Paketni faollashtirishda birinchi navbatda Paket sarflanadi.
Agar tarif rejasida KUNDALIK limiti mavjud bo‘lsa, Paket faollashtirilganda birinchi navbatda Paket sarflanadi, agar Paketdan foydalanilmasa, Paket taqdim etilgan vaqt uchun tarif rejasidagi ovozli aloqa uchun kunlik limit tugaydi.
Paket yoqilgan holda “Tungi qo‘ng‘iroqlar” xizmati yoqilgan bo‘lsa, chiquvchi qo‘ng‘iroqlar “Tungi qo‘ng‘iroqlar” xizmati shartlariga muvofiq to‘lanadi.
Paketdan foydalanishning ustuvorligi: "Perfectumda cheksiz" paketi -> "Tarifli paket" -> tarif rejasida ovozli limit.
Paketlarni faollashtirish kompaniya ofislarida yozma ariza asosida, shuningdek, “Mobil cabinet” xizmati yoqilganda USSD buyruqlar/SMS so‘rovlar yordamida amalga oshiriladi.
Paket amal qilishi barcha abonentlarga (18 yoshdan oshgan jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga, shu jumladan korporativ abonentlar).