«X-FACTOR» shousida SMS-ovoz berish (9500 raqami, «Play Mobile» MChJ)

Xizmatlar va servis raqamlar

2026-yil 22-noyabrdan 31-dekabrgacha «X-FACTOR» shousining SMS-ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi.
«X-FACTOR» shousining maqsadi — vokal iste’dodlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, shuningdek, ijrochilarga o‘z iste’dodlarini keng auditoriyaga namoyish etish imkoniyatini taqdim etish.
Ishtirokchilar saralashi ochiq va ommaviy tinglovlar orqali amalga oshiriladi. Loyiha hakamlari tomonidan o‘tkaziladigan saralash natijalariga ko‘ra, shouning jonli efirlarida «O‘zbekistonning eng yaxshi ijrochisi» unvoni uchun kurashni davom ettiradigan 12 nafar ishtirokchi aniqlanadi.
Loyiha davomida ishtirokchilar o‘zlarining vokal qobiliyatlari, artistlik mahorati va ijrochilik salohiyatini millionlab tomoshabinlar oldida namoyish etadilar. Bunda ishtirokchilarning keyingi taqdiri tomoshabinlar ovoz berishiga bog‘liq bo‘ladi: tomoshabinlar o‘zlariga yoqqan ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 9500 qisqa servis raqamiga SMS-xabarlar yuborishlari mumkin. Kelib tushgan ovozlar shouda ishtirok etishni davom ettiradigan ishtirokchilarni aniqlashda hisobga olinadi.
Xizmat obuna shaklida emas, balki bir martalik xizmat sifatida ishlaydi, ya’ni har bir SMS-so‘rov bo‘yicha abonent natijani oladi.
Batafsil ma’lumot (ovoz berish jarayoni, tashkilotchi, shou, o‘tkazish muddatlari va qoidalari haqida): +998 93 309 21 21.

Xizmat uchun to‘lov: chiquvchi SMS — 200 so‘m, kiruvchi SMS — 0 so‘m.

Xizmatni boshqarish jarayoni:

Hodisa

SMS matni

Loyihada ovoz berish uchun ishtirokchi raqamini ko‘rsatgan holda chiquvchi SMS-xabar yuborish

ХХХХ

Javob SMS-xabari (kiruvchi)

Sizning {name} uchun yuborgan ovozingiz qabul qilindi!

Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali, siz Cookie fayllardan foydalanish siyosatimizga rozilik bildirasiz.
Yuklanmoqda…