Hurmatli Perfectum mijozlari!
2026-yil 1-dekabrdan boshlab texnik sabablarga ko‘ra CDMA standartidagi mobil aloqa tarmog‘iga yangi ulanishlarni rasmiylashtirish to‘xtatiladi.
Amaldagi mijozlar esa CDMA aloqa xizmatlaridan joriy shartlar asosida foydalanishda davom etadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlariga murojaat qilishingiz yoki rasmiy sayt — www.perfectum.uz orqali tanishishingiz mumkin.
Perfectum’ni tanlaganingiz va bizga bildirgan ishonchingiz uchun minnatdormiz!
Hurmat bilan,
Perfectum jamoasi